Fatxullaning kurkasi

Anvar Obidjon

 

Kelib Norga arz qildi

To‘rt yasharli ukasi:

-Meni quvdi,

Atajon,

Patpillaning kulkasi…

G‘ijinib musht tugdi Nor:

-Boplab qasos olamiz.

Kurkani…

Yo‘q, yaxshisi,

Fatxullani solamiz!