Kamnarin

Anvar Obidjon

 

Xunuk Laycha bop edi,

Kaltatumshuq – puchuqcha.

Akillardi unga ko‘p,

Chiroyli oq Kuchukcha.

Jim o‘tardi Laychavoy,

Xafa bo‘lmay kichikdan.

Eslik edi u ancha,

Chiroyli oq Kuchukdan.