Anvar Obidjon
Savol berdi muallim,
Tulki gangib yo‘taldi.
Sichqon qochdi teshikka…
Chumoli qo‘l ko‘tardi.
Chumolining, he, attang,
Yana ishi yurmadi.
O‘qituvchi Fil uni,
Bu safar ham ko‘rmadi.