To‘p

Zafar Diyor

To‘pTo‘pim, to‘p-to‘p etasan,
Ursam uchib ketasan.
Havolanib nariga —
Do‘stlarimga etasan.
O‘ynatasan ko‘zimni
Hovliqtirib o‘zimni.
Biroz ko‘proq o‘ynasam,
Terlatasan yuzimni.
Senga sira to‘ymayman,
Bo‘sh ekanman qo‘ymayman.
Ovunchog‘im, — deb seni
Do‘stlarim-la o‘ynayman.
To‘pim, to‘p-to‘p etasan.
Ursam uchib ketasan.
Handalakdek yumalab
Bizni xursand etasan.