Kasallikni quvamiz

Zulfiya Mo‘minova

Kasallikni quvamizErta turib tong sahar,
Tishimizni yuvamiz.
Tishlarning orasidan,
Mikroblarni quvamiz.
Xushbo‘y hidli sovunlar,
Qo‘limizni yuvamiz.
Barmoqlar orasidan,
Kasallikni quvamiz.
Erinmaymiz boshdan to,
Tirnoqqacha yuvamiz.
Sog‘lom hayotimizdan,
Kasallikni quvamiz.