Yungli shaftoli bilan suhbat

Zulfiya Mo‘minova

Yungli shaftoli bilan suhbat-Shaftolijon shaftoli,
Nega to‘ning echmaysan?.
Issiq saratonda ham ,
Yungli to‘ndan kechmaysan.
-Bir kun echdim to‘nimni.
Aqli yo‘qlar echarkan.
Saratonda shamollash
Juda og‘ir kecharkan.
Shundan buyon yozda ham,
Issiq to‘nda yuraman.
To‘n ichida pishirib,
Shirin sharbat beraman.