Behi

Anvar Obidjon

 

BehiIkki yuzim burushqoq,

Dema meni urishqoq,

Ishga solib aqlimni,

Sezdirmayman jahlimni.

 

Agar shirin bo’lmasam,

Xushomadni bilmasam,

Meni darrov kesishar,

O’rnimga nok ekishar.