Xurshid Davron

Men ertaga juda erta

 

Men ertaga juda erta

Tinch uyqumni buzaman,

Oq ko’ylagim kiyaman-da,

Dalalarni kezaman.

 

Yashilgina maysalarning

Barglariga bosib lab,

Erkalayman qizalog’day,

Qulog’iga shivirlab.

 

Keyin oyning yelkasiga

Qo’limni qo’yib beun-

Yuragimni ocharman-

Oydin bo’lar o’sha tun.