Qochib ketdi

Po’lat Mo’min

 

Qochib ketdiBir o’quvchi cho’chib ketdi,

Tanaffusda qochib ketdi.

Yo qochdimi tobi uning?

Birdan ranggi o’chib ketdi.

 

Xayollari – g’uv-g’uv ari

Har tomonga uchib ketdi.

Olib papka,paltosini,

G’o’yo tezda ko’chib ketdi.

 

Bajarmabdi uy ishini,

O’z sirini ochib ketdi.

O’qituvchi so’raydi deb,

Darsdan ura qochib ketdi.