Yangi yil salomi

Qambar ota

Yangi yil salomi

 

Yangi orzu,yangi shon,

Tilaklari bir jahon.

Dunyo bo‘lsin deb omon,

Kulib kelgan yangi yil,

Dil to‘ridan bir olam

Salom senga,

Assalom!

 

Bag‘ri to‘la quvonch, baxt,

Mangu tinchlik qilib ahd,

Yigitday g‘yrati shaxd

To‘lib kelgan yangi yil,

Qalb to‘ridan bir olam

Salom senga,

Assalom!