Rauf Parfi

Rauf Parfi

 

—Oyi, oyi, aytib bering,

Bormi mening ham o‘z yo‘lim?

—Hamma yaxshi yo‘llar sening,

Eng yaxshisi sening, o‘g‘lim.

 

—Oyi, nadir baland uchgan,

Nega mening yetmas qo‘lim?

—Yerdan osmon uzra ko‘chgan

Xayolingdir sening, o‘g‘lim.

 

—Oyi, urush nima, ayting,

U nimadir, nomi —o‘lim?

—Bo‘lsa aytar edi otang…

Urush—bu yo‘q narsa, o‘g‘lim…