Yusuf Shomansur
Oyim yopar shirmoy non,
Men ham qarab turmayman,
Gul solaman xamirga,
O‘t yoqaman tandirga.
Mehnat qilgach, albatta,
Sindirib katta-katta—
Yeyilganda shirmoy non,
Men ham qarab turmayman.