Navro‘z
Tursunboy Adashboyev
Toblanib
Qish ayozida
Qaldirg‘chning
Bayozida
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Boychechakdan
Chambar boshda,
Ta’zim qilib
Yurt, quyoshga,
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Qo‘lga olib
Yangroq torin,
Ko‘z-ko‘z qilib
Bisot-borin,
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.
Fayz ulashib
Tong-azonda,
Sumalaklar—
Doshqozonda,
Navro‘z tushib kelar tog‘dan.