Qo‘zivoy

Yusuf Shomansur

Qo‘zivoyPolizga kirib Qo‘zi

Tarvuzga tushdi ko‘zi.

U tarvuzni oldi-da,

Qulog‘ining oldida

Siqib turib so‘radi:

– Ismimng nima?

– Qo‘zivoy…

– I-ye, adash ekanmiz,

– Shirindirsan o‘zimday.

Qo‘zivoyni Qo‘zivoy

Ketdi qo‘yib yelkaga

Totib ko‘rgach, polizga

Kelar yana ertaga.

«Gulgina» kitobidan olindi