Shamol

Orif To‘xtash

 

ShamolDaraxtlarni silkitib,

Tegmaganga tegib xit,

Kezar shamol g‘uv-g‘uv.

 

Bandin uzgan yaproqlar —

Uchqur-chopqir toychoqlar

O‘ynab yurar quv-quv.

 

Yum-yumaloq soqqaday

Dum-dumaloq olmalar

Qulab tushar duv-duv.

 

Qo‘rqib ketgan qushchalar

Sapchib ko‘kka ucharlar,

Ko‘tarishib qiy-chuv.

 

G‘azablangan dev kabi

Kattakon bog‘ tebranib

Guvranadi guv-guv.