So‘nggi yaproq
Dilshod Rajab
Daraxtning bir
Butog‘i
Tutib turar
Yaproqni
Qo‘llarida
Avaylab.
Nogoh kelar yel
Poylab.
Tortqilay boshlar
Yulqib,
Daraxt qaltirar
Dir-dir.
…Ey to‘ymas yel —
Quv, baxil,
Rahm qil-da,
Bu, axir
Shir yalong‘och
Daraxtning
Qolgan so‘nggi
Chaqasi.