Archa haqida

Dilshod Rajab

Archa haqida 

Archa ko'klamni quchib —

Mahkam olgandir ushlab.

Ko'klam ketolmas chiqib

Undan yoz-u kuz, qishlar.

 

Ko'klam archaga bandi,

Qila olar nima ham?

Axir u o'ralgandir

Sonsiz ninalar bilan!