Qorqiz

Anvar Obidjon

 Qorqiz

Yo'laklarim - olmos qor,

Ko'ylaklarim — olmos qor,

Sochlarim ham olmos qor,

Tojlarim ham olmos qor.

 

Oqqina oqqush-oqqizman,

Qorbobo qorgan qorqizman.

Yo'ymang meni sho'r tuzga,

O'xshatmanglar g'irt muzga.

 

Tilim novvot, qaynoqdir,

Ko'nglim yumshoq, qaynoqdir.

Oqqina oqqush-oqqizman,

Qorbobo qorgan qorqizman.