Varraklar quvonchi
Dilshod Rajab
O'tib ketdi badqovoq
Qishning achchiq ayozi,
Tabiat kiymoqda shod
Bayramona libosin.
Guldirab kular osmon
Chaqnab chaqmoq toshlari,
Kulgisining zo'ridan
Chiqib ketar yoshlari.
Ichga sig'may sevinchi
Qaynab toshar buloqlar,
O'zaniga sig'masdan
Toshar soyu irmoqlar.