Kim aytar: u parimas …
Dilshod Rajab
Kim aytar: u parimas?!
Undan chiroy arimas!
Har yil bir yosh o‘ssa ham,
Qorqiz sira qarimas!
Chunki dili pok uning,
Orzulari oq uning.
Nomi qordan bo‘lsa ham,
Mehri ko‘p qaynoq uning.
Xuddi go‘zal oq qayin,
Boqishlari bir mayin.
Yosharib ochilganday
Qorqizimiz yil sayin!