Kirpining e'loni

Orif To'xtash

 

Kirpining e'loni- Bu – bozor iqtisodi,

Narx-navo biroz qimmat.

Arzon igna kerakmi? –

Mendan so‘rang, marhamat!

 

Biroq esdan chiqarmang,

Shuni tuting nazarda.

Yo‘qlasangiz birodar,

Men bo‘laman bozorda.

 

Bola-chaqa boqishning,

Bo‘lmaskan axir o‘zi.

Arzonligin sababi –

Ignamning yo‘qdir ko‘zi!