Orif To'xtash
Sichqonni chaqiradi,
“Ziyofat”ga go‘sht bilan.
U tishlab tortgan payti,
Tushuradi “musht” bilan.
Dilorom dadasidan,
Sekingina so‘radi:
- Siz obergan qo‘g‘irchoq,
Ayting, qachon yuradi?