Shapaloq

Dilshod Rajab 

Kundalikni kuzatib,
Ona dedi xafaroq:
-Yana ham “ikki” olsang,
Yeysan ikki shapaloq! –

 

Uqtirilgan bu gaplar,
Bilmasvoyga kor qilmay.
Katta “ikki”ni olib,
Uyga qaytdi or qilmay.

 

- Yana “ikki”mi o‘g‘lim,
Sen ham “besh” olasanmi? –
Tutaqib ketdi ona,
G‘azabini bosolmay.

 

Bilmasvoy der, - “besh olib,
Kelar edim-u, biroq –
Bilsam, besh shapaloqdan
Ikkitasi yaxshiroq!