Qochib ketdi
Po’lat Mo’min
Bir o’quvchi cho’chib ketdi,
Tanaffusda qochib ketdi.
Yo qochdimi tobi uning?
Birdan ranggi o’chib ketdi.
Bo’ri tush ko’rsa
Po’lat Mo’min
Bo’ri qay bir kun
Chiqarmasdan un,
Boribdi ovga,
Kepti o’tovga.
Xayrixon va maylixon
Obid Rasul
Bir tup shotut
Va olmurut
Ushlab qo’lda,
Borar yo‘lda
Maylixon, Xayrixon.
O‘zbek, qirg’iz,
Go‘yo egiz.
Yon qishloqdan,
Jon qishloqdan
Xayrixon, Maylixon.
Kitob
Obid Rasul
Darslik kitob qo'lingda,
Berilgandir u senga.
Yirtmay ko‘zday asrasang,
Kerak ukang Erkinga.
Xurshid Davron
Men ertaga juda erta
Tinch uyqumni buzaman,
Oq ko’ylagim kiyaman-da,
Dalalarni kezaman.
Behi
Anvar Obidjon
Ikki yuzim burushqoq,
Dema meni urishqoq,
Ishga solib aqlimni,
Sezdirmayman jahlimni.
Yungli shaftoli bilan suhbat
-Shaftolijon shaftoli,
Nega to‘ning echmaysan?.
Issiq saratonda ham ,
Yungli to‘ndan kechmaysan.
-Bir kun echdim to‘nimni.
Aqli yo‘qlar echarkan.
Saratonda shamollash
Juda og‘ir kecharkan.