Binafsha

Zafar Diyor

BinafshaBinafshaxon, binafsha
Kulishlaring chiroyli:
Bog‘imizda ochilib
Turishlaring chiroyli.
Hamma chiqar dalaga
Binafshalar tergali,
Men ham terdim bir dasta
Opamizga bergali.

Papka bilan siyohdon

Po‘lat Mo‘min

Papka bilan siyohdonSiyohdon bilan papka
Tushibdi hasrat — gapga.
Gaplar cho‘zilmish ancha,
So‘zlashibdi bilgancha.
Papka debdi: — Siyohdon,
Bu ishing juda yomon.
Atrof to‘ldi siyohga,
Arzga boray qayoqqa.
Bunaqangi bo‘lma bez,
Axir chiqib ketgin tez.

Oyim bilmasin

Orif To‘xtash

Oyim bilmasinTipratikanga

Dedi G‘anisher:

-Buncha ignang ko‘p?

Birin menga ber.

 

Axir ko‘ylagim

Qoldi yirtilib.

O‘rikning shoxi

Qolgandi ilib.

Ishqiboz

Orif To‘xtash

IshqibozDo‘stlarini yig‘volib,

Ukam rosa to‘p tepdi.

Charchamadi yugurib,

Har kungidan ko‘p tepdi.

 

Raqiblari tomonga,

Ancha-muncha gol qildi.

Mahoratin ko‘rsatib,

Do‘stlarini lol qildi.

Tuproq

Tursunboy Adashboev

TuproqAjdodlardan meros bo‘lib
Qolgan tuproq.
Bobolarning qon va teri
Tomgan tuproq.
Qizg‘aldoqlar ochilganda
Qilmay kanda,
Qir-adirlar gulxan bo‘lib
YOngan tuproq.

To‘polonchi

Orif To‘xtash

 

To‘polonchiMaktabdan qayta turib,

Abduvali va Sanjar.

Nimagadir tortishib,

Boshlab yubordi janjal.

 

Bir - birini tepkilab,

Ayamasdan mushtlashdi.

Boshqalar ajratolmay,

Hayron yoqa ushlashdi.

U F Q

Orif To‘xtash

U F QQuyosh nurlarin tarab,

Sirpandi pastga qarab.

Qirga borib urildi,

Peshonasi yorildi.

 

Afti qonga bo‘yalib,

Qilmishidan uyalib -

El ko‘zidan chekindi,

Qir ortiga bekindi.