Osmon qaydan boshlanadi?

Tursunboy Adashboev

Osmon qaydan boshlanadiTokqa boshin qo‘ysa quyosh,
Ufq ortin cho‘g‘ qilarkan.
Burgut uchun osmon asli
Boshlanadi cho‘kqilardan.

CHumolining vaqti ziqroq,
Gapi qisqa, qalbi qaynoq.
Uning uchun ko‘k gardishi
Oltin rangli momaqaymoq.

Kirpining e’loni

Orif  To‘xtash

Kirpining e’loni-Bu - bozor iqtisodi,

Narx-navo biroz qimmat.

Arzon igna kerakmi,? -

Mendan so‘rang, marhamat.

 

Biroq esdan chiqarmang,

Shuni tuting  nazarda.

Yo‘qlasangiz birodar,

Men bo‘laman bozorda.

Olaqanotning poloponlariga nasihati

Tursunboy Adashboev

Olaqanotning poloponlariga nasihatiNasibang bog‘u rog‘da,
Azizim, polaponim.
Lochinlar ham lol qolsin,
Joningga payvand jonim.
Burgutlarday yovqur bo‘l!
Barcha gap ahillikda.
Paytin topib, bexosdan
O‘ljangga tashlan tikka!

Tabiat – tikuvchi

Orif To‘xtash

Tabiat – tikuvchiOpajonisin quchib,

So‘raydi jajji Dildor:

- Kapalakning ko‘ylagi

Buncha chiroyli, guldor?

 

Menga ham tikib bering,

Shunaqangi ko‘ylakdan.

So‘ng hamma havas qilsin,

O‘tganimda yo‘lakdan. -

Sumalak

Orif  To‘xtash

SumalakQishloqning ayollari,

Yig‘ilishdi bir joyga.

Maslahati bog‘landi,

Ikki chelak bug‘doyga.

Navro`z

Orif  To‘xtash

Navro`zBahor keldi elimizga,

Navro‘zoyni etaklab.

Jajjigina qizaloqlar

Gullar terar etaklab.

Mavsum qo'shiqlari

Mavsum qo'shiqlari

 

Omonlik, hey, omonlik,

Yetdik Navro'zga,

Unutilsin yomonlik,

Qut ber rizq-ro'zga.