Qor
Cho‘lpon
Har tomonda qor, qor, qor…
El bilan tushar, chiqar.
Bulutlar elab elak,
Separ oppoq kapalak.
Mustaqillik
Tursunboy Adashboyev
Mustaqillik nonday aziz,
Mo'tabardir, buyukdir.
Bobosi ham irim bilan,
Muqaddas deb qo'yubdir
O'lka
Erkin Vohidov
Bog'laringni sayr etganimda,
Sen bor eding qalbda, Vatanim.
Bog' husniga she'r bitganimda,
Uni dastlab senga atadim.
Nuqtaning degani
Orif To‘xtash
– Men nuqtaman,
Men nuqta.
O‘rgan avval
Sen puxta.
Gaplarning
Har birida,
Shay turgum
Oxirida.
Arining degani
Orif To‘xtash
Men ariman, ariman,
Mendan xafa Narimon.
U bilmay asabimni,
Qo‘zg‘adi g‘azabimni.
Olmaning degani
Orif To‘xtash
– Tanishaylik, men – olma,
Nomimga quloq solma.
Olaver, ikkilanmay,
Ishtahang bo‘lsin karnay.