Shaftolining degani
Orif To‘xtash
– Meni, derlar, shaftoli,
Ko‘p mevalar qatori
Mazaliman, totliman,
Narxi baland otliman.
Maqtanish bo‘lar, desam,
Ming bir dardga doriman.
O‘g‘irlagan siz bo‘lib,
Yаna mendan nolimang.
Maymunning hikoyasi
Sirojiddin Rauf
Changalzorda bir zamon,
Avji tiriklik fasli.
Bizlarga esh, birodar
Bo‘lgan odamzod nasli.
Yon qo‘shni-yu jon qo‘shni -
G‘orlarda yashaganmiz.
Neki topsak, qizg‘anmay
O‘rtada oshaganmiz.
Do‘q qildi
Sirojiddin Rauf
Tabiatda eng zo‘ri
Momaqaldiroq ekan.
Gumburlatsa osmonni
Hamma qaltiroq ekan.
Kim aybdor?
Sirojiddin Rauf
Ona jahl qiladi:
«Hech kirmading so‘zimga.
Og‘rib qolsa tomog‘ing,
Bilginki, ayb o‘zingda!»
Keltirasiz havasim
Po‘lat Mo‘min
Bolalar, sizlarga
Aytayin rostim,
Har qachon, har yerda
Kelar havasim.
Bolajon, bolajonim
Po‘lat Mo‘min
Ey, so'zlari biyronim,
Chopqillagan jiyronim.
Erkatoyim, polvonim,
Bolajon, Bolajonim.
Qahratonda
Anvar Obidjon
G‘or ichida och-nahor
Barmoqlarin so‘rishib,
O‘tirishar Bo‘rilar
Televizor ko‘rishb