Niqob

Anvar Obidjon

 

-Tumshuqlarinigdan akang,

Qalaysan, Laylak?

Tikib bergin menga ham

Bitta oq ko‘ylak.

Matematika

Anvar Obidjon

 

Savol berdi muallim,

Tulki gangib yo‘taldi.

Sichqon qochdi teshikka…

Chumoli qo‘l ko‘tardi.

Kamnarin

Anvar Obidjon

 

Xunuk Laycha bop edi,

Kaltatumshuq – puchuqcha.

Akillardi unga ko‘p,

Chiroyli oq Kuchukcha.

Fatxullaning kurkasi

Anvar Obidjon

 

Kelib Norga arz qildi

To‘rt yasharli ukasi:

-Meni quvdi,

Atajon,

Patpillaning kulkasi…

Bezori

Anvar Obidjon

 

Qarg‘a kirdi kinoga,

O‘xshab Buratinoga.

Hamma joylar edi band,

Borib dedi nopisand:

Shirin tush

Anvar Obidjon

 

Chakalakda Sichqon

Bo‘lib qoldi sulton.

To‘ng‘iz unga vazir,

Lashkarboshi – Qoplon.

Vatan

Anvar Obidjon

 

Senga bitta savol bor,

Menga quloq sol, hoy, qush.

Vayronada yashaysan,

Noming esa naq Boyqush.

Ayt-chi, nahot sen boysan!