Nima kuchli?

Abdurahmon Akbar

Nima kuchli? 

Izg'irin zo'rmi, shamol?

Muzmi, qor,

Nima asli?

Hamma narsadan kuchli

Momooftob, qish fasli.

Archa haqida

Dilshod Rajab

Archa haqida 

Archa ko'klamni quchib —

Mahkam olgandir ushlab.

Ko'klam ketolmas chiqib

Undan yoz-u kuz, qishlar.

Qish tasbehlari

Dilshod Rajab

Qish tasbehlari

 

Qor kiyingan archalar

Oq qalpoqqa o'xshaydi.

Yaltiroq shox-shabbalar

Jez taroqqa o'xshaydi.

 

Muz qotgan ariqchalar

Zar belbog'ga o'xshaydi.

Sumalaklar — qandillar

Muz chiroqqa o'xshaydi.

Qorqizning qormomosi

Safar Barnoyev

Qorqizning qormomosi

 

Qorbobom bilan kelsam,

Quvonasiz chindan.

Qormomong ham bormi, deb

So‘ramaysiz mendan.

Qishda

Narimon Orifjonov

Qishda

 

Rosa maza qish,

Qorlari — kumush.

Oq kiygan atrof.

Qish havosi sof.

Konki uchamiz,

Hech charchamay biz.

Laylak qor

Qutbi Nosirova

Laylak qor

 

Qor yog'ar elak-elak,

Yog'ar bo'lib charxpalak.

Qo'ngan zamon kaftimga,

Erib ketar taftimga.

Quvnoq qor,

Oppoq qor.

Qish boshlandi

Nurullo Oston

Qish boshlandi

 

Dov-daraxtlar mizg'igan,

Izg'irin уel izg'igan.

Ko'chalar yaraqlaydi.

Yulduzlar charaqlaydi.