Qor havosi

Nurullo Oston

Qor havosi

 

Qor havosi ufurar,

Shamollar yer supurar.

Uchar so'nggi xazonlar,

Tussiz bog'-u biyobon,

Qish sabog‘i

Abdurahmon Akbar

Qish sabog‘i

 

Shimimda to’rtta cho'ntak,

Paltomda to'rtta cho'ntak.

Birma-bir kirib chiqar

Bariga ikki qo'lim.

Nima kuchli?

Abdurahmon Akbar

Nima kuchli? 

Izg'irin zo'rmi, shamol?

Muzmi, qor,

Nima asli?

Hamma narsadan kuchli

Momooftob, qish fasli.

Archa haqida

Dilshod Rajab

Archa haqida 

Archa ko'klamni quchib —

Mahkam olgandir ushlab.

Ko'klam ketolmas chiqib

Undan yoz-u kuz, qishlar.

Qish tasbehlari

Dilshod Rajab

Qish tasbehlari

 

Qor kiyingan archalar

Oq qalpoqqa o'xshaydi.

Yaltiroq shox-shabbalar

Jez taroqqa o'xshaydi.

 

Muz qotgan ariqchalar

Zar belbog'ga o'xshaydi.

Sumalaklar — qandillar

Muz chiroqqa o'xshaydi.

Qorqizning qormomosi

Safar Barnoyev

Qorqizning qormomosi

 

Qorbobom bilan kelsam,

Quvonasiz chindan.

Qormomong ham bormi, deb

So‘ramaysiz mendan.

Qishda

Narimon Orifjonov

Qishda

 

Rosa maza qish,

Qorlari — kumush.

Oq kiygan atrof.

Qish havosi sof.

Konki uchamiz,

Hech charchamay biz.