Yoz tongi
Dilshod Rajab
Chekinadi qora ga‘m-zulmat,
Yorishadi yuzi osmonning.
Dalalarni oladi chulg‘ab
Oppoq shodlik kabi yoz tongi.
Yoz keldi
Nurullo Oston
Yoz keldi-yu, yoz keldi,
Doira bilan soz keldi.
Uchib kelgan laylaklar
Qanoti qog‘oz keldi.
Lola va mushuk
Shukur Sa’dulla
Men — lolaman, lolaman
Ozoda qiz bolaman,
Erta bilan turaman,
Yuz qo‘limni yuvaman.
Nasibaning olmasi
Tursunboy Adashboyev
Nasibaning olmasi
Tushib ketdi ariqqa.
Tutqich bermay o‘ynaydi,
O‘xshab oltin baliqqa.
Tongda
Quddus Muhammadiy
Chumchuq, chittak chirqillashib
Tong yuzini ochganda,
Chimyon tog‘ning qir uchida
Quyosh nuri o‘ynaydi.