Ona
Tolib Yo‘ldosh
Oftobday kulib ona
Qiziga oppogֲ‘im, der,
Qizi oynaga qarab,
Uyatidan bosar ter:
Lola
Hamid Olimjon
Lola bog‘chaga chiqib,
Kechga qadar gul terdi.
Etak-etak to‘pladi,
Har kungidan mo‘l terdi.
Birinchi sovg‘a
Ilyos Muslim
Halima bog‘ga kirdi
Tong payti shosha-pisha.
Ilk bahor gulin terdi,
Nomi — jajji gunafsha.
Boychechak
Cho‘lpon
“Boychechakning bolasi”
Ochdi yuzini.
Suvga chiqqan xolasi
Ko‘rdi qizini!
Onajonim
Tursunboy Adashboyev
Ma’no to‘la gapida,
O‘ng qo‘lida rapida,
Onajonim non yopar.
Chopar edim bog‘ ora ...
Navro‘zim
Shukur Qurbon
Bog‘֥lar – daraxtlarniki,
Tog‘lar- lolalarniki.
Kim nima desa-desin,
Bayram – bolalarniki ...