Mehmon
Tolib Yo‘ldosh
Eshigimiz taqillasa,
Deymiz:—Mehmon!
Hozirdanoq mehmonlarga
Biz mehribon.
Achchiq choy
Shuhrat Otabek
—Menga ham ish buyuring,
Bobojonim, jon bobo.
—Siz, mayli, choy keltiring,
Achchiq bo‘lsin-u … ammo…
Saida Zunnunova
Yer uzra qo'ndi oqshom,
Oy shu'lasi bir mayin.
Kel, oppog'im, kel, erkam,
Men seni allalayin.
Sen ona…
Alisherga alla aytib uxlatgan
Sen — ona.
Og’ushida Bobur kamolga yetgan
Sen — ona.
Buzoq
Shukur Sa’dulla
Men buzoqman, buzoqman,
Shoxim chiqqan — suzoqman.
Lekin yumdalab tortmang,
U yon-bu yonga otmang.
Ayiq
Shukur Sa’dulla
O‘rmonda bo‘lganmisiz?
Ayiqni ko‘rganmisiz?
Ustida po‘stini bor,
Pisand emas unga qor.
Ninachi
Shukur Sa’dulla
Bog‘da uchar ninachi,
Gulni quchar ninachi.
Biram chiroyli, qarang,
Qanotlari rang-barang.