Tonggi so‘z

 Raim Farhodiy

“Gulgina” kitobidan olindi

Tonggi so‘zAhmad tongda uyg‘ondi-yu, yugurib hovliga chiqdi. Qarasa, baroq mushugi unga qarab kelyapti. Boshini egib, oyoqlari ostida erkalana boshladi:

— Miyov-miyov!

Ahmad hayron bo‘lib turdi-da, yo‘lida davom etdi. Shunda tong shamoli g‘uvillab,  unga ergashdi. Daraxt yaproqlarini shitirlatib, kuylay boshladi:

— G‘uv-g‘uv …

Qayerdandir bir chumchuqcha uchib kelib, daraxt shoxiga qo‘ndi.

Ikki xil yordam

Mahmud Murodov

“Gulgina” kitobidan olindi

Ikki xil yordamBir xotin sabzavotlar og‘ir to‘rxaltasini ko‘tarib kelayotgandi. Orqadan ketma-ket ikki bola, ularning ketidan bir chol kelmoqda edi. Bir mahal to‘rxaltadan bir kartoshka tushib, dumalab ketdi.

— Xola, kartoshkangiz tushdi, — deb birinchi bola o‘tib ketaverdi. Ikkinchi bola hech narsa demadi-yu, yerdagi kartoshkani olib, to‘rxaltaga soldi. Orqadan yetib kelgan chol bolaga:

— Baraka top, bolam, — dedi. 

Qo‘yning gapi

Oltmish O‘sarov

“Gulgina” kitobidan olindi

Qo‘yning gapiMahmud aka ishdan kelganda qo‘yning ustma-ust “ba-a”lab mo‘rayotganini eshitdi-yu, o‘g‘li Otabekka:

— Qo‘yga o‘t, suv bermabsizlar-da? — dedi.

— Berganmiz, — dedi Otabek. — U bir qisim beda yegan, bir paqircha suv ichgan.

— Bo‘lmasa, qorni to‘ymabdi, chanqog‘i bosilmabdi. Ana, eshit. “o‘t ber”, “suv ber”, deyapti.

— Qo‘y gapirmaydi-ku! — ajablandi Otabek. — Ochqaganini, suvsaganini qaydan bildingiz?

Xo'tikning hikoyasi

Anvar Obidjon

Xo'tikning hikoyasiKo'p narsaga qiziqaman. Shu tufayli kechalari uxlamasdan o'ylanib yotaman. Hozircha kallam balodek ishlab turibdi, farosatim joyida. Men bilan u-bu narsalar to'g'risida bir-ikki og'iz gaplashsangiz, ishonchim komilki, zehnim o'tkirligini sezib, hang-hang... yo'q, hang-mang bo'pqolasiz. Siz, masalan, nima uchun chaqmoq chaqib, keyin momaguldirak bo'lishini bilasizmi? Qo'ying, xijolat tortmang, buni o'zim tushuntirib qo'ya qolay. Xullas, bulutlar suzib boraveradi, suzib boraveradi, suzib boraveradi, oxiri birdamas-birda tog'ning cho'qqisi bilan to'qnashadi.

Qurbaqaning hikoyasi

Anvar Obidjon

Qurbaqaning hikoyasiQur-r, vaq! Meni tanidingizmi? Ha, men o'sha boshi yapaloq, ko'zi shapaloq Qurbaqaman. Laqabim – Vaqvaqato'ra! Ko'rib turibsiz, vaqtim choq. Bo'lmasam-chi! Hozirgina ikkita bo'rdoqi pashshani tutvolib, shappa-shuppa yamlab qo'ydim. Endi hovuzga kalla tashlab, bir cho'milsammikin deb turibman. Men sizga aytsam, qorin to'yganidan keyin chalqanchasiga suzib yurishning ham o'ziga yarasha gashti bor. Qancha ko'p suzsang, shuncha lanj bo'lasan. Ana undan keyin, baqato'nga o'ranvolib, miriqib uxlash mumkin.

Yoqutning  husnixati

Alisher Navoiyning

«Hayrat ul-abror» dostonidan

Yoqutning  husnixatiFano bog‘ining gul tupida o‘ltirib shuhrat qozongan kishining gulshani Suxravard edi . U nafsu havo deviga yo‘l bermaslik uchun osmonning haqiqat avjidagi uchar yulduzi bo‘lgan edi. Bir kuni u xalifaning saroyi tomon bordi. Bu Haq rahmatining ofatga qarshi borganiga o‘xshardi. Hijoz aholisi Ka’baga e’tiqod qilgani singari xalifa Musta’sim ham unga nisbatan ko‘p hurmat bildirdi. Uni taxtga chiqarib o‘ltirg‘izib, so‘ng o‘zi o‘ltirdi. Go‘yo quti bittayu gavhar esa ikkita edi, yoki burj  bittayu ustida ikkita yulduz turganday.

Har narsa ham ko‘ringanidek emas

Muslim Buxoriy tarjimasi

Har narsa ham ko‘ringanidek emasRangpar libosdagi ayol va yigirilgan ro‘dapo kostyum kiygan erkak Bostonda poyezddan tushib qolishdi va Garvard universiteti rektori qabuliga uchrashuv vaqtini belgilamay, jur’atsizgina kirib keldilar.

Kotiba bu qoloq, qishloqi kishilarning Garvardda nima ishi bor ekan deya ensasini qotirdi.

— Biz rektor bilan ko‘rishmoqchimiz, – dedi boyagi erkak muloyimlik bilan.

— U kun bo‘yi band bo‘ladi, – dedi kotiba achchiqlanib.