Navro'zoyning notanish qallig'i

Anvar Obidjon

Navro'zoyning notanish qallig'iAyozzoda yolg'on so'zlamagandi. Navro'zoy shu topda chindan ham behushlik holatiga tushib qolgan, na atrofda nimalar bo'layotganini sezar, na biron-bir shovqin uni bezovta qila olardi. Navro'zoy ertalab ham tuppa-tuzuk edi. Ko'ksaroyni fayzga chulg'ab, kun bo'yi xushchaqchaqlanib yurdi. Ariqchadagi suvlar bilan quvlashmachoq o'ynadi, tubidagi toshchalarni olib, qizaloqlarga to'ptosh ulashishni istayotgandek, yumaloq-yumaloqlarini saraladi, omborchasiga kirib, o't-o'lanlar, dov-daraxtlarning tanasini, yaproqlarini, gullarini bo'yab chiqish uchun turfa xil ranglar tanladi.

Kezargon boychechak

Anvar Obidjon

Kezargon boychechakQutlug‘ kecha

Shaylanuvlar oxiriga etdi-yu, qalam tebranishga tushib, ajabtovurdan-ajabtovur bu voqea, ko'hna rivoyatda qanday bashorat qilingan bo'lsa, xuddi o'shanday tarzda boshlandi... – Qaddingni ko'tar, Boychechak! Sovuqlarning qahrli basharasidan qo'rqma! – Sen har qanday izg'irinni engishga qodirsan. Kuchingga astoydil ishonsang bas. – Qo'zg'al, Boychechak, qo'zg'al! Boshiga og'ir kun tushgan Navro'zoyni birgina sen qutqara olasan, sen!

Suvkalamushning hikoyasi

Anvar Obidjon

Suvkalamushning hikoyasiCho'rtanbaliqlarni yaxshi bilaman, birovni nazar-pisand qilishmaydi. Tarvaqaylagan mo'ylovlaridan quvonishadi shekilli. Ularda bor mo'ylov bizdayam bor, lekin shu paytgacha begonalarga ortiqcha gerdaymaganmiz. Men, hatto, o'zimdan kichik Tangabaliqlarniyam hurmat qilaman. Mabodo, qornim ochib qolsa, ulardan birortasini yaxshilikcha tutib olaman-da, hech bir qo'pollik ishlatmay, silab-siypab turib, pok-pokiza eb qo'yaman. Manavi boshqa gap. O'zgalarga nohaq ozor berishning nima keragi bor? Zo'ravonlik qilib hali hech kim baraka topmagan. Jumladan, Cho'rtan ham baraka topmadi.

Echkiemarning hikoyasi

Anvar Obidjon

Echkiemarning hikoyasiTimsohning jiyaniman. Bir davrlar daryoda tog'am bilan birga yashardik. Qurg'oqchilik yillari suv tuyqusdan kamayib ketdi-yu, ikkalamiz tor joyda juda qisilib qoldik. Buning ustiga, tog'am oriyatimga tegadigan bir-ikkita gap aytib, g'ashimni keltirib qo'ydi. Shundan keyin, «hayyo-huyt» deb, cho'l-biyobonga bosh olib ketvordim. Dastlabki oylarda jaziramaga chidayolmay, tomog'im qaqrab yurdi, so'ng bora-bora ko'nikib qoldim. Sahro daryo emas, bu erda yashaydigan jonzotlar sanoqli. Agar epchilroq bo'lmasang, ochingdan xarom o'lasan.

Suvarakning hikoyasi

Anvar Obidjon

Suvarakning hikoyasiMish-mishlarga qaraganda, bir zamonlar bu yerda jangovar qo'rg'on bo'lgan ekan. Urushlarda buzilib-buzilib, qor-yomg'irlarda nurab-nurab, undan mana shu bir parchagina devor qolibdi xolos. Bu devor shunaqayam serkavakki, pastdan turib boqsang, shaharlardagi ko'pqavatli binoga o'xshab ko'rinadi. Ana shu binodagi xonalardan bittasida men yashayman. To'g'risini aytsam, qo'shnilarim ichida istarasi issiqrog'i o'zimman. Masalan, o'ng tarafimdagi xonada Buzoqboshi, chap tomonimda Kaltakesak turadi. Ikkovi ham bir-biridan badbashara.

Mushukchaning hikoyasi

Anvar Obidjon

Mushukchaning hikoyasiOdamlar «Mushuk ham tekinga oftobga chiqmaydi», degan maqol to'qishganmish. Bu bekorchi gap bo'lsa kerak deb o'ylayman. Masalan, shaxsan men har kuni tomga chiqvolib, oftobda isinaman, lekin buning evaziga hech kimdan hech qanaqa haq talab qilgan emasman. Tomda yotib, ba'zan uzoq-uzoqlarga termilib qolaman. Yer yuzi poyonsiz deyishadi. Bu gapga ishonish uchun dunyoga tomdan turib qarash kerak ekan. Men atrofni yaxshilab ko'zdan kechirib chiqqanimdan keyin, yer yuzi mana shu tomga qaraganda kamida o'n besh marta katta bo'lsa kerak, deb o'ylab qo'ydim.

Chumolining hikoyasi

Anvar Obidjon

Chumolining hikoyasiIshkom ostida timirskilanib yurib, daroyi uzumning urug'ini topib oldim. Qurib ketgur zil-zambil ekan, itarib ham, tortib ham joyidan siljitib bo'lmadi. Tavakkal qilib elkalab olsammikin, deb turganimda, oldimdan «vish-sh» etib bir badbashara maxluq chiqib qolsa bo'ladimi! Enam kechagina yovuz ajdarho haqida ertak aytib bergan edilar. O'sha qonxo'r og'zini katta ochganicha oldimdan chiqib turibdi-yu hozir. U bilan solishay desam, ertakda ajdarhoni o'ldirgan Qilichbotir, afsuski, men emasman. Qo'limda siltansa qirq gaz cho'ziladigan qilichim ham yo'q. Darrov es-hushimni yig'ib oldim-u, muloyimlik bilan unga ta'zim qildim.