Beshiktervatarning hikoyasi

Anvar Obidjon

Beshiktervatarning hikoyasiMana shu uvatning hammasi ilgarilari Beshiktervatarlarga qarashli edi. Bir kuni ochko'z Chigirtkalar yoprilib kelishdi-yu, biz ov qiladigan joylarni egallab olishdi. Tirikchiligimiz qiyinlashib ketdi. Avvallari emishni har qadamda uchratish mumkin edi. Endi kun bo'yi kuyib-pishib o'lja qidirasan-u, topganing oshqozonga jaz bo'lmaydi. Sakrog'ich Chigirtkalar deyarli hamma narsani zahri-mahriga yutib bo'lishdi. Bu ko'rgiliklar kamlik qilganidek, o'sha chirilloq maxluqlarning do'qchiligini aytmaysizmi. Kecha ov qilib yursam, ulardan ikkitasi qarshimdan chiqib qoldi: bittasi vajavang semiz, boshqasi chakachak oriq.

Egar bozori

(Hazil)

Said Ahmad

Egar bozoriButun respublikadagi jamiki magazinlarni aylanib chiqsangiz, prilavkada chang bosib yotgan egar, arqon, arava mixini ko‘rasiz. Bu mollar o‘n-o‘n besh yillardan beri sotilmay yotadi. Ammo shaharning qoq o‘rtasidagi xo‘jalik mollari do‘konida bu mollarning urug‘i ham topilmaydi. Har haftada bazaga shu do‘kondan zayavka keladi.

«...Bizga ellikta egar, ikki yuz kilo arava mixi, ikki ming metr jun arqon yuboring».

Ot bilan suhbat

Said Ahmad

Ot bilan suhbatUrgutda adir tepasidagi Navro‘z bayrami o‘tkaziladigan yalanglikka chiqadigan tik so‘qmoq yonboshida bir qabr bor. Andak to‘xtab, unga e’tibor bering. Bu jangchi, qahramon otning qabri. U frontda yaralangan egasini olib ketayotgan sanitar vagoni orqasidan yugurib, poezd tezlab ketganda yetolmay, yo‘lda qolib ketgan. Necha oylab tog‘-toshlardan, daryolardan o‘tib, cho‘llarda sargardon bo‘lib, oxiri Urgutni topib kelgan. Bu vafodor ot egasini ko‘rish ilinjida oylab Samarqand vokzalidagi poezdlarni boshdan-oyoq aylanib chiqadi.

Hakkaning hikoyasi

Anvar Obidjon

Hakkaning hikoyasiOdamlar meni o'g'ri deyishadi. Shuyam gap bo'ldi-yu! Nima, boshqa qushlardan boyib ketgan joyim bormi? Ko'pchilik qatori tirikchilik qilib yuribman-da. O'zimga keragidan ortiqroq narsani o'margan bo'lsam, teshib chiqsin. Farazlab ko'raylikki, yog'liqqina suzma qatiqni qurut qilishib, oftobga terib qo'yishgan bo'lsin. Tevarakda hech kim yo'q. Masalan, siz o'sha qurutlardan bir-ikkitasini totib ko'rmasmidingiz? Faqat, oliftagarchilik qilmay, to'g'risini gapiring. Yoki tomga yoyib qo'yilgan yong'oqqa duch kelyib qoldingiz deylik.

Xachirning hikoyasi

Anvar Obidjon

Xachirning hikoyasiOt – dadam, Eshak – ayam... Yo'q, yo'q, adashib ketydim. Eshak – dadam, Ot – ayam... Ha, dadam – Eshak! Shuning uchun men Xachirman! Agar dadam ham Ot bo'lganida, men toychoq bo'lib tug'ilardim. Yo aksincha, ayam ham Eshak bo'lganida edi, hozir qarshingizda men emas, ketvorgan bir xo'tik turardi. Imkon boricha yo toychoq, yo xo'tik bo'lib tug'ilgan yaxshi ekan. Xachirlik nimaligini xachir bo'lgan biladi. Menga juda qiyin. Yaylovga chiqsam, bir tomonda ayam kishnay boshlaydi, bir tomonda dadam hangrab qoladi. Ayamning ketidan chopay desam, unga yetib yurolmayman.

Quyonchaning hikoyasi

Anvar Obidjon

Quyonchaning hikoyasiBuncha xomushsan, deysanmi? Nahot, xafaga o'xshab ko'rinayotgan bo'lsam? Bu shunchaki qornimning ochligidan... yoki To'ng'iz bilan «ahmoq-ahmoq» o'ynayverib, charchaganimdan bo'lsa kerak. Qanaqa o'yin bu, deganing nimasi? Rostdanam hech o'ynab ko'rmaganmisan? Hayotdan to'rt qarich orqada qolibsan-ku, xi-xi-xi. To'g'risini aytsam, bu o'yinni o'zim ham bugun o'rgandim. Agar karamlarim bo'lmaganida, kim biladi deysan, haliyam o'rganolmay yurarmidim... Xullas, inda yotaverib, juda zerikib ketdim. Buning ustiga, mundoq timirskilab ko'rsam, omborchamda tishga ilinadigan narsa qolmabdi.

Tulkichaning hikoyasi

Anvar Obidjon

Tulkichaning hikoyasiBiz Tulkilar haqida gap ketgudek bo'lsa, odamlar ismimizning oldiga albatta «ayyor» so'zini qo'shib aytishadi. Bu insofdan emas. Ayyorlik bilan uddaburonlikning farqiga borish kerak. Ishbilgich bo'lmasang, bu olamda kun ko'rish qiyin. Ke, boshingni aylantirib o'tirmay, yaqinda yuz bergan bir voqeani dastaklab o'ta qolay. Shunga qarab, kimligimizni o'zing tushunib olarsan. Bundan o'n kuncha oldin ayam ikkalamiz tovuqxonada qo'lga tushdik. Ichkariga kirganimiz zahoti shartta eshikni yopishdi. Endi bizni o'ldirishadi deb o'ylab, juda qo'rqib ketdim.