Jurnaldagi kod raqamini kiring

Audio ertaklar uz

2017 yil xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun muborak bo‘lsin! 

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi

 

Bu bizning umumiy va muhim bayramlarimizdan biri. Axir aynan Konstitusiyamizda yurtimizning xar bir fuqarosi amal qilib yashaydigan mezonlar belgilab berilgan. Barchangizga ona Vatanimizni ardoqlashni shuningdek uning an'analari va qonunlariga amal qilishni o‘zaro xurmatda bo‘lib ona zaminimizning sadoqatli fuqarolari bo‘lishingizni tilaymiz.

 

Sizning Erkatoy

18 dekabrdan – 20 dekabrgacha

“Bulbulcha” bolalar ansamlining konserti

 

“Bulbulcha” bolalar ansamlining konserti

“Turkiston” san’at saroyida “Bulbulcha” bolalar ansamblining “Baxtli bolalalik” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Shoshiling! Konsert dasturida quvnoq qo‘shiq va raqslar sizni kutmoqda. Unitilmas bayram kechasiga marhamat!

Sizning sevimli jurnalingiz “Erkatoy”ning iyun sonida:

 

“Erkatoy” iyun sonida

 

- Sahifalarimizdan Haydar Muhammad she’ri, Avaz Mansurov musiqasi bilan aytiluvchi “Quvnoq bolalar” qo‘shig‘ni o‘rganib olishingiz mumkin.

- Planshet bilan kitob kuch sinashyaptimi? Qiziq, kim g‘olib bo‘larkin? Hikoyani albatta o‘qing.

- Qo‘shni bolalar bilan hovlida o‘ynashingiz uchun yana bir qiziqarli oyin qoidalarini o‘rganib oling.

Shuningdek, sahifalarimizda bir-biridan qiziqarli ma’lumotlar va yoz faslida sizga as qotadigan tavsiyalar bilan ham tanishishingiz mumkin. Ajoyib boshqotirmalar, she’rlar, bo‘yashingiz uchun rasmlar bo‘sh vaqtingizni mazmunli o‘tishiga yorgam beradi. Yoz faslini sevimli “Erkatoy” bilan birga o‘tkazing! Biz bilan aslo zerikmaysiz.

 

Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan tabriklaymiz!

 дети

 

Bolalikning eng quvonchli, beg‘ubor onlari sizlarni hech qachon tark etmasin. Munchoq ko‘zlaringiz doim quvonchdan porlab tursin. Atrofingizda sodiq do‘stlaringizning safi ortaversin. Shuni bilingki, siz hayotimiz mazmunisiz aziz bolajonlar!

 

«Erkatoy» jamoasi 

 

Sizning sevimli jurnalingiz “Erkatoy”ning may sonida:

 

 

- “San’atga baxshida umr” sarlavhasi ostida, ustoz san’atkor, millionlab bolajonlarga musiqadan saboq bergan bobo, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shermat Yormatovning umr yo‘li haqidagi maqola.

- Toshbaqa qayerga shoshib ketyapti?

- Robinzon Kruzo kim?

- Chuvalchang yomg‘iri.

Shu bilan birga, bir-biridan qiziqarlu boshqotirmalar-u, ajoyib she’rlarni mutolaa qilib zavqqa to‘lasiz. Ayniqsa, “Bobomning ordenlari” nomli qo‘shiqni o‘rganib olsangiz, bobajoningizga kuylab bergan bo‘lardingiz. Biz bilan aslo zerikmaysiz!