Biz birgalikda bir oilamiz!

Assalomu alaykum muhtaram ota-onalar! Farzandingizga “Erakatoy” jurnalini sovg’a qildingizmi? Unda shoshiling, jurnalimizda sovg’alar mavsumi boshlandi. Tahririyat ota-onalar uchun “Biz barchamiz bir oilamiz!” deb nomlangan tanlov e’lon qiladi.

Sizdan ushbu so’rovnoma savollariga javob berish hamda javoblaringizni xat orqali tahririyatga yoki www.erkatoy.uz saytidagi pochtamizga jo’natishingiz mumkin. Savollarimizga batafsil javob bergan barcha ota-onalar tanlovda ishtirok etishi mumkin. Tanlov qur’a tashlash yo’li bilan aniqlanadi. Tanlov yakuni jurnalimizning 10 sonida e’lon qilinadi.

G’oliblar quyidagi qimmatbaho sovg’alar bilan taqdirlanadi:

 

Shuningdek rag’batlantiruvchi sovg’alar ham bor.

Muhtaram ota-onalar, tanlovda ishtirok etishingiz uchun bor-yo’g’I 15 daqiqa kifoya. Siz va farzandingiz hamda “Erkatoy” – biz birgalikda bir oilamiz!

Eslatma: Ishtirokchilar ism, familiya, hamda pochta manzilini to’liq ko’rsatishini iltimos qilamiz!

Savolnoma (6-sonda)

1. Farzandlaringiz haqida (to'liq)

2. "Erkatoy" jurnali bilan tanishmisiz?

3. Ingliz tilida chop etiladigan "Erkatoy" jurnalini ham bilasizmi?

4. Jurnal sahifalarida berilgan topshiriqlarni bolalaringiz bilan birgalikda bajarasizmi?

5. Jurnalimizning 16-sahifasidagi rasmlarda nechta farq bor?

6. Jurnalimizning 12-sahifasidagi topishmoqlarning javobini ayting.

7. Jurnalimizning 15-sahifasida mozaika yelimqog'ozida qanday rasm aks etgan?

8. Jurnalimizning qaysi sahifalari sizga ma'qul bo'ldi?

9. Jurnalda yana qanday ruknlar tashkil etilishini istardingiz?

10. Farzandingizni "Erkatoy" jurnaliga obuna qilganmisiz?