5 yoshli maymunda onalik mehri

Irkutskdagi “Malika Leya” laqabli maymun shimpanze yaqinda ko‘z ko‘rib, quloq eshitmagan harakatlarni sodir etdi. Hayvonot   bog‘i devoridan kimdir bittagina juda zaif, deyarli behol mushukchani ichkariga irg‘itib ketibdi. Bog‘dagilar mushukchaga “Bobbi” deb laqab qo‘yishibdi.

Bir kuni shimpanze oynali devor ortidan mushukchani ko‘rdi-yu, bezovtalanib qoldi. Hayvonot bog‘i xodimlariga iltijoli boqib, qo‘li bilan ishoralar qila boshladi. Bog‘ xodimlari Leyaning iltimoslarini yerda qoldirmay, mushukchani unga berishdi. Xoh ishoning, xoh ishonmang, o‘sha lahzadayoq shimpanze mushukchani bag‘riga bosdi-yu, keyin qo‘yib yubormadi. Uni o‘zi tarbiya qila boshladi. Ayni kunda shimpanze mushukchani doimo bag‘rida olib yuradi. U bilan birga sira erinmasdan o‘ynaydi, mushukchaning qorni ochsa, sutli bo‘tqani qoshiqcha yordamida og‘ziga soladi. Mushukcha to‘ygach, allalab, qo‘lida olib uxlatadi. Ajablanarlisi, shimpanze atigi 5 yoshga kirdi. Demak, hali uning o‘zi ham qilzaloq. Hayvonot bog‘idagilar maymunda onalik mehri bu qadar erta uyg‘onganini ko‘rib hayratdan yoqa ushlashdi.