O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i

 

Davlat ramzlarining muqaddasligini anglash – bu ularning bizga yurt manfaati har nedan ustunligini doimo  yodda saqlamog‘imiz lozimligini bildiradi!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat  bayrog‘i 1991 yil 18 noyabrda tasdiqlangan.  Davlat bayrog‘ning butun uzunligi bo‘ylab o‘tgan to‘q moviy rang, oq va to‘q yashil rangli  uchta endan tarkib topgan to‘g‘ri to‘rtburchak shakldagi matodir. O‘zbekicton Respublikasi Davlat bayrog‘ining uzunligi 250 santimetrga, kengligi 125 santimetrga teng. Davlat bayrog‘inig o‘rtasidagi oq rangli enning chetlaridan kengligi 2,5 santimetrga teng qizil hoshiyalar o‘tkazilgan. O‘zbekicton Respublikasi Davlat bayrog‘ining yuqori qismidagi moviy rangli enning yuz tomoni va orqa tomonida oq rangli yangi oy va uning yonida o‘n ikkita oq rangli besh qirrali yulduz tasvirlangan.