8-dekabr Konstitutsiya-bosh qomusimiz kuniKonstitutsiya

Shu kunlarda respublikamizning barcha aholisi buyuk bayram – O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 24 yilligini nishonlamoqda. Bizning Asosiy Qomusimiz  jinsi, irqi, millati, tili, dini, sotsial kelib chiqishidan qat’iy nazar, barcha o’zbekistonliklarni bir xil huquq va ozodlik bilan ta’minlaydi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 6 bo’Iim, 128 moddadan iborat. U „Mustaqillik Deklaratsiyasi", „O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to’g’risida"gi Qonunda mustahkamlangan tamoyillar va g’oyalarni o’zida to’la mujassamlashtirdi, ularni rivojlantirdi. Konstitutsiyamiz boy madaniy merosimiz hamda o’zbek xalqining ko’p asrlik tarixiga asoslangandir. Uning jamiyatda tutgan o’rni mamlakatimiz rivoji, xalqimizning ma’naviy boyliklarini ko’paytirish yo’lida  ko’p qirrali va yorug’ yo’llarni ochib berdi.

Istiqlol yillari Konstitutsiyamiz qay darajada puxta va xayotiy ekanligini yaqqol isbotladi. Bu davrda O'zbekistonda konstitutsiyaviy davlat qaror topdi. Konstitutsiya, ta'bir joiz bo'lsa, huquqiy bilimlarning alifbosidir. Konstitutsiya - davlatni davlat, millatni millat qiladigan muhim siyosiy-huquqiy xujjat. U dunyoning siyosiy xaritasida yangi mustaqil davlat - O'zbekiston Respublikasining paydo bo'lganini qonuniy mustahkamladi.