Qishki ta’tilni qanday o‘tkazamiz

Qishki ta’tilni qanday o‘tkazamizBarchamiz intiqib kutayotgan qishki ta’til ham yaqinlashmoqda. Bu esa ertaknamo Yangi yil bayramiga sanoqli kunlar qolganligidan darak beradi. Teatr va san’at saroylarida g‘aroyib ertak tomoshalari boshlanadi. Ota-onalarimiz, sinfdosh do‘stlarimiz bilan birga bu namoyishlarga borishimiz mumkin.

Darvoqe, yaqinlaringizga sovg‘a olishni unitmadingizmi! Eng yaxshi sovg‘a - o‘z qo‘llaringiz bilan yasagan narsangiz hisoblanadi. Bu ishda “Erkatoy” sizning eng yaqin ko‘makdoshingizdir. 

“Kichik ustaxona”dagi “yasash” bo‘limini oching va o‘zingizga yoqqanini tanlang. Ko‘rsatmalarga e’tibor qilsangiz, bir pasda tanlagan narsangizni yasay olasiz.

Omadimiz kelib ta’til kunlari qor yog‘ib qolsa, aslo uyda o‘tirmang. Chana va chang‘ilarni olib darhol hovliga yuguring, tag‘in qor erib ketmasin!

Agarda qor yog‘masa  ham aslo ko‘ngilni cho‘ktirmang, ustozlarimiz bergan topshiriq, vazifalarni bajarishga kirishing. Har kuni 40 daqiqa shug‘ullanib borsangiz, barcha vazifalarni a’lo darajada bajarasiz.