Yangi Yil tantanalari boshlandi

Yangi Yil tantanalari boshlandiHoy bolalar, bolalar, eshitmadim demanglar.
Bugun 26-dekabr kuni Poytaxtimizda Yurtimizning markaziy archasi chiroqlari yondi. Juda go‘zal, juda ko‘rkam bo‘lgan eng katta archamiz, bu yil "Lokomotiv-Anhor” bogʻi yonidagi salkam 4 gektar hududda bunyod boʻlgan bayram maydonining markazida qad koʻtardi. Yangi yil archasining balandligi 26 metr, aylanasi 7,7 metrga teng. Archa 10 mingdan ziyod o‘yinchoq va rang-barang chiroqlar bilan bezatilgan.

Qorbobo va qorqiz boshchiligidagi 20dan ortiq ertak va multfilm qahramonlari archa atrofida bolajonlarimiz bilan raqsga tushib, har xil o‘yinlar o‘ynamoqdalar. Shuningdek, “Ajoyib Mo‘jiza” teatr guruhi Zumrad va Qimmat ertagini musiqiy sahnalashtirib, har kuni 3 marotaba namoyish qilishmoqda. Bundan tashqari, bayram maydonida, turli xil atraksionlar, savdo rastalari ham ishlab turibdi. Demak, barchamiz orziqib kutgan qishki ta’til ham boshlanmoqda.