Yangi yil archasi bayram tadbirlari

Poytaxtimizdagi Lokomotiv-Anhor istirohat bog‘ida yangi yil archasi bayram tadbirlari o'zining qizg'in pallasiga kirgan. Ayni kunlarda ushbu bog'da turli-tuman tadbirlar, sahnalashtirilgan ertak va hikoyalar namoyish etilayapti. Rang-barang tomoshalardan kichkintoylarimiz yuraklari shodliklarga to'lmoqda. Bolajonlarimizni yanada quvontirish maqsadida "Erkatoy"ham ozining esdalik sovg'alarini ulashdi.