24 yanvar - Eskimo kuni

 

Eskimo kuniBolajonlar,  muzqaymoqlarni yoqtirasizmi? Albatta, ‘‘Ha!’’ Barchamiz sevib iste’mol qiladigan “Eskimo” muzqaymog‘ini yaratilish tarixini bilasizmi? Bo‘lmasa quloq tuting:

24-yanvar –  ‘‘Xalqaro shirinliklar”, ya’ni Eskimo kuni deb qabul qilingan ekan. 1922-yil AQSHning Ayova shtatidagi Onova shahrida shirinliklar do‘konining xo‘jayini Xristian Nel’son Eskimo muzqaymog‘i uchun patent oladi. Shundan beri bu kun – ‘‘Xalqaro Eskimo kuni’’ deb atalar ekan.

Eskimo bu ­­- tayoqcha ustidagi shokolad eklirlari bilan qoplangan qaymoqli muzqaymoqdir. Albatta, muzqaymoqlarning tarixi  qadimgi Rim imperiyasiga borib taqaladi. O‘sha davr imperatori bo‘lgan Neron ovqatdan so‘ng muzdek desert tanovvul qilishni xush ko‘rgan.

 Ammo Eskimo muzqaymog‘ini aynan 24-yanvarda oshpaz qandolatchi Nel’son yaratgan, deb bayram qilinishi an’anaga aylangan.