Alisher Navoiy

 

Alisher NavoiAziz bolajonlar, yana bir necha kundan so‘ng, G‘azal mulkining sultoni, o‘zbek adabiy tilining asoschisi, mutafakkir va davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy bobomizning tug‘ulgan  kunlarini bayram qilamiz. Bu yil biz ulug‘adibimiz tavalludinig 576 yilligini nishonlavmiz. Albatta, maktabingizda bu sanaga bag‘ishlab adabiy-ma’rifiy tadbirlar, g‘azalxonlik kechalari o‘tkazilayotgan bo‘lsa kerak. Shu bois, biz ham Alisher Navoiy bobomizning ashorlaridan namunalar berishni joiz deb topdik.

Turk nazmida chu men tortib alam, 
Ayladim ul mamlakatni yakqalam.

                        ***

Yigitlig‘da yig‘ ilmning maxzani,
Qarilig‘ chog‘i sarf qilg‘il ani.

                        ***

Jondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz, 
Sondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz. 
Har neniki sevmak ondin ortuq bo’lmas, 
Ondin seni ko’p sevarmen, ey umri aziz.

                        ***

La'lidin jonimg'a o'tlar yoqilur,
Qoshi qaddimni jafodin yo qilur;
Men vafosi,va'dasidin shodmen,
Ul vafo, bilmanki, qilmas, yo qilur.

                        ***

Qon yutub umri jahon ahlida bir yor istadim,
Lekin ul kamrak topildi, garchi bisyor istadim.

                       

Kimga kim jonim fido aylab sog'indim dam-badam,
Ermas erdi yorliqda chun vafodor istadim.