Alisher Navoiy haqida

qisqa ma'lumot

Alisher NavoiyAlisher Navoiy bobomiz buyuk shoir, katta olim va nihoyatda dono inson bo'lganlar.  U kishi Hirot shahrida tug'ilgan.

Alisher Navoiy siz kabi bolalik paytlaridayoq juda ziyrak, aqlli, odobli bola bo'lgan ekan. Uch yoshidan boshlab she'r, musiqa eshitishni nihoyatda yaxshi ko'rgan. Otasi, onasi va tog'alari she'r o'qib berganida, u darhol yodlab olgan ekan. Alisher 10 yoshligida Farididdin Attor degan shoirning "Mantiq ut-tayr" nomli katta kitobini yoddan bilar ekan. U nihoyatda aqlli va g'ayratli bola bo'lganligi uchun, otasi uni to'rt yoshga to'lga- nida maktabga bergan. Kichkina bo'lishiga qaramay, katta bolalarni qoyil qoldirib, juda ham yaxshi o'qigan.

Biroq Alisherning Hirotda o'qishi uzoqqa cho'zilmadi. Chunki bu yerda urush, janjallar, har xil to'polonlar boshlanib ketdi. Shuning uchun ko'pgina oilalar boshqa joyga ko'chib keta boshladi. Alisherlar oilasi ham ko'chib ketishga majbur bo'ladi. Yo'l uzoq, havo issiq... shuning uchun ular kunduzi dam olib, kechasi yo'l yurishgan. Bir kuni kechasi Alisher ot ustida ketayotganida charchab, uxlab qolibdi. U otdan yumshoqqina qum ustiga sirg'alib tushib ketibdi va uxlayveribdi. Karvondagilar buni bilishmay, ketishaveribdi.

Ertalab, quyosh chiqqanda Alisher uyqudan uyg'onibdi. Atrofga qarasa, hech kim ko'rinmabdi. U bir zum qo'rqib ketibdi, yuragi duk-duk uribdi. Shu payt birdan o'z otini ko'rib qolibdi. Ot ketib qolmay, Alisherning uyg'onishini kutib turgan ekan. Alisher rosa xursand bo'lib ketibdi. U darhol otining yoniga borib, uni mehr bilan silab-silab qo'yibdi. So'ng sinchkovlik bilan qumlarga qarabdi. Otlarning izini qidiribdi. Otlar izi quyosh chiqadigan tarafga cho'zilib ketgan ekan. Alisher ham otiga minib, ana shu izlar bo'ylab yo'lga tushibdi va omon-eson ota-onasining yoniga yetib boribdi.

Alisherning kichkinagina boiishiga qaramay, bu qadar dovyurak, aqlli, bilag'on bola ekanligiga karvondagilar qoyil qolishibdi.

Urush-janjallar to'xtagach, Alisherlar oilasi ham Hirotga qaytib keladi. U yana maktabda o'qishini davom ettira boshlaydi. Darsdan keyin juda ko'p kitob o'qir va ko'p she'rlarni yodlab olishga harakat qilar edi. O'zi ham she'rlar yoza boshlabdi. Lutfiy, Jomiy degan katta-katta shoirlar Alisherning she'rlarini o'qib, uni rosa maqtashadi.

Alisher Navoiy bobomiz 60 yil yashagan. Ammo nihoyatda ko'p ajoyib kitoblar yozganlar.