Navoiy hamisha qalbimizdadir

Navoiy hamisha qalbimizdadirUlug‘ donishmand, mutafakkir, davlat arbobi, she’riyat mulkining sultoni bobomiz Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning 576 yilligi bizning serquyosh diyorimizda hamisha katta hozirliklar bilan nishonlanadi. Xuddi shunday tadbirlardan biri shahrimizdagi 305-son umumta’lim maktabida ham  o‘tkazildi. Tadbir ishtirokchilari Navoiy she’riyatidan namunalarni o‘zbek, rus, hatto ingliz tillarida o‘qib, yig‘ilganlarni xushnud qilgan bo‘lsa, yosh qizaloqlarni bobomiz g‘azallari bilan aytilgan qo‘shiqlarga xuddi san’at ustalaridik raqsga tushishi ko‘pchilikni hayratlantirdi. Shuningdek, o‘uvchilar tomobidan ijro etilgan sahna ko‘rinishlari  han barchaga birdek manzo‘r bo‘ldi. Shuningdek, Erkatoy jurnali tahririyati mazkur tadbirda ishtirok etgan barcha bolakaylarga o‘zining esdalik sovg‘alarini ulashdi.