Zahiriddin Muhammad Bobur

Zahiriddin Muhammad BoburZahiriddin Muhammad Bobur katta podshoh, zo'r lashkarboshi, iste'dodli shoir, olim bo'lganlar. Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon shahrida tug'ilgan. Uning otasi Umarshayx Mirzo Farg'onada hokim bo'lgan. Boburning bitta opasi, ikkita ukasi va beshta singlisi bo'lgan. Bobur saroyda malakali muallimlardan ta'lim olgan. U juda zehni o'tkir bola bo'lgan. She'r, musiqa eshitishni yaxshi ko'rgan. Bulardan tashqari Bobur kamonda o'q otish va qilichbozlikdan ham saboq olgan.

Bobur 12 yoshga kirganda Farg'ona viloyatining hukmdori bo'ladi. Albatta, hukmdor bo'lish yosh Bobur uchun juda qiyin edi. Unga bu masalada onasi Qutlug' Nigorxonim va "otaxon begi" Boboxon Alibek katta yordam berishgan. Bobur faqat podshoh va zo'r lashkarboshigina boiib qolmay, balki buyuk shoir, yozuvchi va olim hamdir. U 16 yoshidan boshlab she'rlar yoza boshlagan.

Bobur umrining yarmidan ko'prog'ini ona - yurtidan uzoqda — Hindistonda o'tkazadi. U tug'ilgan vatanini nihoyatda sog'inib yashagan.

 

Tole yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,

Har ishnikim ayladim – xatolig‘ bo‘ddi,

O‘z yerin qo‘yib Hind sori yuzlandim,

Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

 

Bobur odamlarning hayoti xafachilik bilan emas, xursandchilik, quv- noqlik bilan o'tishini, odamlar bir-biriga faqat yaxshilik qilishlari kerakligini orzu qiladi va o'z she'rla­rida shular haqida yozadi.

Bobur tug'ilgan Yatanidan uzoq — Agra shahrida 47 yoshida vafot etadi. Bu inson umri uchun nihoyatda qisqa vaqtdir. Undan bizga she'riy kitoblar, "Bobur- noma", "Mufassal", "Harb ishi" va boshqa ko'plab asarlar meros bo'lib qolgajn.